AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida davlat kotibligiga nomzod, AQŞning BMTdagi sobiq doimiy vakili Jon Bolton Yaqin şarq mintaqasida uzoq muddatli xavfsizlikni ta'minlaş omilini bildirdi. Uning fikriça, Qöşma Ştatlar Eron tuzumini özgartiriş ğoyasini qöllab-quvvvatlaşi, ayni maqsadga xizmat qiladi, deb yozmoqda Politico naşri.

«Oyatollalar Yaqin şarqdagi tinçlik va xalqaro xavfsizlikka asosiy tahdidlardir. Albatta, ularning hokimiyatdan çetlaştirilişi mintaqaga yoruğlik va totli hayot taqdim etmaydi, ammo asosiy xavfga barham beradi», — degan Bolton. 

Boltonning qayd etişiça, AQŞ Tehron hukumatiga qarşi turiş uçun Eron muxolifati orasida ittifoqçilarini topişi lozim. Uning qöşimça qilişiça, garçi bu tuzum «unçalik ham maşhur bölmasa-da, hukumat qurol-aslahalarga ega, şunga qaramay, Amerika harbiy kuçlarini qöllamasdan muxolifatga yordam beriş usullari bor».