Hyundai kompaniyasi 2017 yil boşida Las-Vegasda oçiladigan iste'molçilik elektronikasi körgazmasi CES’da avtonom boşqaruv tizimiga ega Ioniq gibridi prototipini taqdim qiladi. Körgazma vaqtida ikkita haydovçisiz maşina Las-Vegas-Strip xiyoboni böylab avtomatik rejimda harakatlanadi.

Avtomobil boşqa maşinalar va tösiqlargaça masofani aniq biliş uçun möljallangan LiDAR optik uzoqni ölçagiçi hamda yölovçilar, yöldagi çiziqlar, belgilar va svetofor signallari ortidan kuzatuvçi uçta videokamera tizimi bilan jihozlangan.

Foto: motor.ru

Bundan taşqari, maşina fazoda GPS-qabul qilgiç yordamida möljal oladi. Bu qabul qilgiçdan olingan ma'lumotlar atrof hududning yuqori detallaştirilgan xaritasi bilan taqqoslanadi.

Kompaniyada ta'kidlanişiça, Ioniq harakat vaqtida "yöldagi döngliklar, ta'mirlaş işlari, bolalar ta'lim muassasalari joylaşgan hududlar, yölovçilar va tutqiçi bölmagan itlar haqidagi ma'lumotlarni hisobga olişga qodir.   

Foto: motor.ru

Kompaniya haydovçisiz maşinalar uçun özining şaxsiy operatsion tizimini yaratmoqda. Bu tizim "sun'iy ong tomonidan iste'mol qilinadigan energiya darajasini ança kamaytirişga qodir". Bu esa qurilma narxini ança kamaytirişi kerak va kelajakda avtonom boşqaruv tizimlarini örta narx segmentidagi avtomobillarga örnatiş imkonini beradi.

Hyundai Ioniq maşinasi 2016 yil boşida ilk bor namoyiş qilingan. Modelning gibrid kuç qurilmasi tarkibiga 105 ot kuçli, 1,6 litr hajmga ega benzin dvigatel hamda 43,5 ot kuçli elektromotor, litiy-polimer akkumulyatorlar töplami va olti poğonali, ikki ilaşişli "robotlaştirilgan" uzatmalar qutisi kiradi.  

Foto: motor.ru