Microsoft Connect onlayn-anjumanida Microsoft kompaniyasi Linux operatsion tizimi yaratuvçilarining notijorat konsorsiumi – The Linux Foundation’ning imtiyozli, ya'ni "platinali" a'zosi maqomini olgani e'lon qilindi. Bu haqda Ars Technica ma'lum qildi.

Linux Foundation’ning boşqa "platinali" hamkorlari orasida Cisco, Hewlett-Packard Enterprise, Huawei, IBM, Intel, Samsung va boşqa kompaniyalar bor. Bu maqomni oliş uçun oçiq kodga ega Linux operatsion tizimini qöllab-quvvatlaş uçun har yili 500 ming dollardan kam bölmagan mablağ xayriya qiliş kerak.

Konsortsiumning ta'kidlaşiça, Microsoft uning bir qator loyihalari: Node.js Foundation, OpenDaylight, Open Container Initiative, R Consortium va Open API Initiative’da iştirok etmoqda.

Linux Foundation 2007 yilda dasturçilarni huquqiy qöllab-quvvatlaşni ta'minlaş va platformalarni standartlaştirişda yordam beriş sohasida Linux-hamjamiyatni rivojlantiriş maqsadida yaratilgan.