«Özbekiston Respublikasi davlat bayroği töğrisida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda Özbekiston Respublikasi oliy kengaşining navbatdan taşqari ötkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Bayroğimiz, ğurur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyoş kökda falakning bayroği bölib porlab turibdi, köngilda muhabbat bayroği hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayroği nurlantiradi. 

Ozod va obod Vatanimiz — Özbekistonning bayroği ham bizni uluğ maqsadlar tomon boşlovçi buyuk maş'aladir.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinçligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. 

Davlat bayroği va uning ramzi bugungi Özbekiston hududida qadimda mavjud bölgan davlatlar bilan tarixan boğliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini özida mujassamlaştiradi.

Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning öz ramzlari, bayroği bor. Har bir bayroq ayriça rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayroğimiz heç kimdan kam emasligimiz va kam bölmasligimizni körsatib turadi. 

Şuni aytişimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uçun mustaqillik, hurlik, tinçlik va barqarorlik timsoli bölib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayroğini muqaddas bilib, uni köz qoraçiğidek asraganlar. 

Davlatçiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uçun ozodlik, kuç-qudrat, jasorat, ğalaba timsoli bölgan.
Millat bayroği. U jondek aziz, nondek mö'tabar. 

Buyuk sohibqiron Amir Temur ğoliblik bayroğini yuksak kötardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlaşdi, u barpo etgan uluğ saltanatni dunyo tan oldi. Bu davr vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Bayroq esa tom ma'noda mamlakat ramzi, uluğvorlik timsoliga aylandi. Jangçilarga jangovar ruh bağişlaş, ularning kayfiyatini kötariş, irodasini çiniqtiriş maqsadida jang maydonlari uzra baland hilpirab turdi. Bu bayroq eng işonçli bahodirlar tomonidan qöriqlandi. Bexos daydi öq kelib tuğ kötargan jangçiga tegsa-da, u tuproqqa qorişmadi — darhol şahid sarboz örnini boşqasi egallaydi, maqsad janggohdagilarga bayroq körinmay qolmasin.

Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqni past tutiş yoki sarbozning qölidan tuşib ketişi xosiyatsiz sanalgan. Bunga sohibqiron alohida e'tibor bergan. Bayroqning pasaytirilişi mağlubiyat va ortga çekiniş işorasi bölgan. Şuningdek, «Temur tuzuklari»da ta'kidlanişiça, duşman ustidan şijoat va mardlik körsatib, ğalaba qozongan amirlar va sipohiylarga davlat timsollari — tuğ va noğora in'om qilingan. Bu sohibqiron davlatida saltanat ramzlari neçoğlik baland maqom tutgani va ular qanday katta ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi...