Barça insonlar yötaldan aziyat çekişadi, lekin uning sababini biliş uçun şifokorga murojaat etuvçilar soni juda kam. Yötal vaqtinçalik xarakterga ega bölişi mumkin, biroq e'tibor berilmasa, surunkali turiga aylanadi. Hattoki qisqa muddatli yötal ham şifokor yordamida davolanadigan jiddiy muammolardan darak berişi mumkin.
Virusli yötal

Sovuq havoda avj oluvçi virusli yötal muntazam ravişda öz belgilarini özgartirib, bir neça haftagaça davom etişi mumkin. Bu belgilarga "höl yötal" yoki "quruq yötal" kiradi. Bunday bölişiga sabab - virus sizning nafas yöllaringizdagi asab tizimingizga salbiy ta'sir körsatadi va u yetarliça uzoq vaqt davomida zaiflaşib qoladi.
Surunkali rinit

Rinit yötalni keltirib çiqarişi mumkin, jumladan ketma-ket bir neça hafta davom etsa, u surunkali yötalga aylanadi. Bunday bölişiga sabab - burun içidagi şilimşiq moddalar pastga qarab tuşadi va qitiqqa öxşaş his paydo qiladi, natijada yötal paydo böladi. Bu nafaqat şilliq qavatlarda noqulaylik tuğdiradi, balki sizning immun tizimingiz yomon ahvolda ekanligidan dalolat ham beradi. Burunda yiğilib qoladigan sariq şilimşiq moddalar - organizm besamar tuzatişga urinayotgan bakterial infeksiya belgisi.
Kislota reflyuksi

Gastroezofageal reflyuks kasallik yötalning taxminan 25 foizi bilan boğliq. Kislota oşqozondan qizilöngaçga qaytib quyilganda, asab tizimiga salbiy ta'sir körsatişi va natijada yötalni qözğatişi mumkin. Biroq reflyuks taşxisini qöyiş qiyinroq. U har doim ham jiğildonni qaynatmaydi, böğilgan ovoz va yötalni esa bemor köpinça ötkir respirator kasalliklariga yöyadi.
Zotiljam

Yötal ba'zan oğir kasalliklardan dalolat berişi mumkin. Respirator infeksiya öpkaga ötib, ösimta "çaqirsa", zotiljam kasalligi rivojlaniş ehtimoli yuqori böladi. Agar şifokorga öz vaqtida murojaat qilinmasa, öpka yalliğlanişi halokatli tugaşi mumkin. Zotiljam taşxisi faqat malakali şifokor tomonidan qöyiladi, şu bois yötalingiz şubhali tuyulsa, poliklinikaga çiqişni çözmang!















