Sloveniya hukumati mamlakat konstitutsiyasini, suvdan foydalanişga mamlakat fuqarolarining barçasi birdek haqli ekaniga doir bandlar bilan tuzatiş kiritdi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian naşri yozmoqda. 

«Suv zaxiralari davlat nazoratidagi jamoat boyligidir. Suv zaxiralari birinçi navbatda, şaharlar va qişloqlar aholisini uzoq vaqt mobaynida içimlik suv bilan ta'minlaş uçun zarurdir. Şu ma'noda u bozor mahsuloti böla olmaydi», —deyiladi hujjatda. 

Parlamentning 90 nafar a'zosidan 64 nafari ma'qullagan konstitutsiya moddasiga köra, «har bir kişi içimlik suviga haqli». Qayd etilişiça, tuzatiş kiritişga parlament a'zolaridan heç kim qarşilik bildirmagan, Sloveniya demokratik partiyasi a'zolari esa bunga zarurat yöq, deb hisoblaşgan. 

Şunday qilib, Sloveniya suv huquqini konstitutsiyaga kiritgan YeIning ilk davlati böldi.