Turkiya politsiyasi Van şahri meri Bakir Kayani hibsga oldi, deb xabar bermoqda 17 noyabrda DHA axborot agentligi. 

Meriya binosida tintuvlar ötkazilmoqda. Hibsga olingan mer Turkiya hukumati tomonidan taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi bilan aloqadorlikda ayblanadigan Viloyatlar demokratik partiyasi a'zosi bölib, avval KIP bilan aloqa uçun qamoq jazosini ötagan.

Avvalroq Turkiya hukumati mamlakatning janubi-şarqidagi ma'muriy hududlarning 28 rahbarini KIP bilan aloqa sababli lavozimidan çetlatişini e'lon qilgandi. Bu qaror mamlakatda 16 iyulga ötar keçasi amalga oşirilgan davlat töntaruviga urinişdan keyin joriy qilingan favqulodda vaziyat tartibi amal qilişi doirasida qabul qilindi.

Xalqlar demokratiyasi partiyasining parlamentdagi 10 a'zosi va aholisi asosan kurdlardan taşkil topgan şaharlar merlari, jumladan kurdlarning norasmiy poytaxti hisoblanuvçi Diyorbakir şahri meri ham hibsga olingan.