Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik Katta teatrida Özbekistonda Rossiya kunlarining oçilişiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unga vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat taşkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan xalqaro taşkilotlar, diplomatik korpus vakillari, san'at ixlosmandlari, talaba-yoşlar taklif etildi.
Özbekiston Respublikasi madaniyat va sport işlari vazirining birinçi örinbosari F.Jalolov, Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi V.Tyurdenev va boşqalar Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi özaro aloqalar tarix sinovidan ötgan, işonçli hamkorlik tamoyillariga asoslanişini ta'kidladi.
Davlatlarimiz örtasidagi aloqalar ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy jabhalar bilan birga, madaniy-gumanitar sohalarda ham mustahkamlanib bormoqda. Toşkentda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiallari faoliyat körsatmoqda.
Mamlakatlarimiz hukumatlari örtasidagi 2016-2018 yillarga möljallangan madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qiliş töğrisidagi dastur xalqlarimiz örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş, kengaytiriş va boyitişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Köpmillatli Özbekistonimizda bir yuz öttizdan ortiq millat va elat vakillari safida rus millatiga mansub fuqarolar ham yagona va ahil oila farzandlaridek yaşab, mamlakatimiz ravnaqi, uning farovonligi, kelajagi yölida mehnat qilmoqda.
"Oltin kuz" xalqaro san'at festivali doirasida ötkazilayotgan uşbu tadbir Rossiya madaniyatiga doir yorqin namunalardan lavhalarni namoyiş etadi, ikki xalq örtasidagi madaniy, döstlik va hamkorlik riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Tadbir "Terema" rus xalq çolğulari yoşlar orkestri konserti bilan boşlandi. Şuningdek, "Rossiya qalbi" deb nomlangan bolalar rasmlari körgazmasi taşkil etildi. Körgazmadan örin olgan suratlarda jajji öğil-qizlarning tinçlik, osoyiştalik, Vatan, oila, yaxşilik, mehr-muruvvat, ahillik haqidagi tuşunçalari sodda, samimiy, beğubor, zavqli tasvirlarda aks ettirilgani bilan köpçilikda katta taassurot uyğotdi.











