Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alek Bolduin AQSh saylovlaridan so‘ngra ilk marotaba Donald Trampni ijro etadi
Amerikalik aktyor Alek Bolduin AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin ilk marotaba respublikachi-milliarder Donald Tramp rolini ijro etadi, deb xabar qilmoqda Deadline.
Bolduin “Saturday Night Live” komediya ko‘rsatuvida bir necha bor ushbu rolda paydo bo‘lishga ulgurgan edi. 12 noyabrdagi dasturda aktyor qatnashmagan. Endi Bolduin yana ekranlarda Tramp rolida paydo bo‘lmoqchi.
Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Bolduin va Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton rolidagi aktrisa Keyt Makkinonning SNL ko‘rsatuvida paydo bo‘lishi, dasturning reytingini ko‘tarishga yordam berdi.
Hozircha, Bolduin ushbu tomoshada Tramp rolini doim ijro etadimi yoki prodyuserlar uning o‘rniga boshqa aktyorni tanlashadimi, noma'lumligicha qolayapti.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026