Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan amerikalik hamkasbi Barak Obama va vitse-prezident Jo Baydenni Suriya muammosiga jiddiy yondaşmaganlikda aybladi. 

Erdöğan CBS telekompaniyasining "60 daqiqa" dasturiga bergan intervyusida bayonot berişiça, Suriyada davom etayotgan uruş Turkiya janubiy çegaralari xavfsizligiga rahna solmoqda hamda Anqaraning mudofaa imkoniyatlariga halaqit bermoqda. Bundan taşqari, bu uruş Turkiyaga 3 million suriyalik qoçqin kirib kelişiga sabab bölgan. Bu Yevropadagi suriyalik qoçqinlar sonidan 2 marta köp demakdir.  

"Biz bu muammolarga mas'ulmiz. Biz bu masalalarni prezident Obama va vitse-prezident Bayden bilan muhokama qilganmiz. Ammo, ular vaziyatga yetarliça e'tibor qaratişmadi. Bu biz uçun açinarli holatdir", —degan Erdöğan. 

U şuningdek, AQŞning Suriya masalasi böyiça egallagan qaraşidan "köngli qolgan"ini ta'kidlagan. 

Şu bilan birga, Turkiya rahbari AQŞ hukumatini Fathulloh Gulenni topşirmayotgani uçun ham tanqid qilgan. Rasmiy Anqara, Gulenni şu yilning 16 iyuliga ötar keçasi amalga oşirilgan davlat töntarişiga urinişda boş aybdor va taşkilotçi deb baholaydi. 

Vaşington rahbariyati, Gulenni Turkiyaga ekstraditsiya qiliş jarayoniga aralaşolmasligini, buni mamlakat sudi hal qilişini ta'kidlab keladi.