17 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazida “Fuqarolar saylov huquqlari işonçli himoyasini ta'minlaşning qonunçiligi va amaliyoti: Özbekiston hamda Germaniya tajribasi” mavzuida xalqaro davra suhbati bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) va Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Konrad Adenauer nomidagi jamğarmaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda taşkil qilingan mazkur davra suhbatida Boş prokuratura, Oliy sud, Adliya, Içki işlar vazirliklari, jamoat taşkilotlari vakillari, huquqşunos-olimlar, germaniyalik siyosatşunoslar, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat taşkiloti ekspertlari qatnaşdi. Anjumanda, şuningdek, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi missiyasi kuzatuvçilari ham iştirok etdi.
Tadbir qatnaşçilari fuqarolar saylov huquqlarining işonçli himoyasini ta'minlaşning taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini şakllantiriş, fuqarolarning saylaş erkinligi hamda jamiyat va davlat işlarini boşqarişda iştirok etiş huquqini amalga oşirişning huquqiy kafolatlari borasidagi milliy hamda xorijiy tajribani körib çiqdilar.
Özbekistonda davlat boşqaruvi izçil modernizatsiya qilinişi natijasida fuqarolarning saylov huquqi va erkinliklarini ta'minlaş böyiça eng yuqori xalqaro demokratik tamoyil hamda standartlarga javob beradigan samarali huquqiy asos yaratilgani alohida ta'kidlandi. Huquqiy himoya çoralari fuqarolarning murojaatlarini sud bilan boğliq bölmagan hamda sud jarayonida mustaqil, şaffof va xolis körib çiqiş vositalari majmuini öz içiga oladi.
Mamlakatimiz qonunçiligida bu turdagi murojaatlarni körib çiqişga doir huquqiy tartib-taomillar aniq tartibga solingan. Jumladan, murojaat qiliş tartibi hamda muddatining bir xilligi, ularni tegişli organlar tomonidan öz vaqtida, oçiq va transparentlik tamoyillari asosida körib çiqiş, saylov komissiyalari qarorlarini sud hokimiyati tomonidan qayta körib çiqiş imkoniyati közda tutiladi.
Har bir fuqaroga röyxatga kiritilmaganlik, notöğri kiritilganlik yoki röyxatdan çiqarilganlik yuzasidan, şuningdek, röyxatda saylovçi töğrisidagi ma'lumotlarni körsatişda noaniqlikka yöl qöyilganlik xususida şikoyat qiliş huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uçastka saylov komissiyasi tomonidan körib çiqiladi, arizani uçastka saylov komissiyasi keçi bilan yigirma tört soat içida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol körib çiqişi şart.
Komissiya qarori ustidan tuman (şahar) sudiga saylovdan keçi bilan uç kun oldin şikoyat qilinişi mumkin, tuman (şahar) sudi şikoyatni yigirma tört soat içida körib çiqişga majbur.










