Janubiy Amerikaning Peru davlati poytaxti Lima şahrida OTIH (APEC) sammiti öz işini boşlamoqda. Dunyoning 21 davlati rahbari Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi doirasida mintaqaning savdo va iqtisodiy taraqqiyot masalalarini muhokama etadi. Uçraşuv yakunida qöşma deklaratsiya qabul qilinadi.
Peru TIVning OTIH işlari böyiça vakili Luis Kesadaning sözlariga köra, Lima forumida 4 asosiy yönalişga oid mavzular muhokama etiladi.
Gap OTIH erkin savdo hududini barpo etiş, xizmatlarning raqobatbardoşligini oşiriş, transport kommunikatsiyasi hamda sarmoyalarni jalb etiş va savdoni liberallaştiriş sohasida erişilgan aniq yutuqlar haqida bormoqda.
Yirik anjuman munosabati bilan Lima şahrida xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Peru IIV rahbari Karlos Basombrioning ma'lum qilişiça, OTIH sammitida tartibni saqlaşga 11,4 ming nafar politsiyaçi jalb etilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarini har yuz-ikki yuz metrda uçratiş mumkin. Ularning aksariyatida öq ötkazmaydigan nimçalar va öqotar qurollar bor.
Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi – mintaqaning 21 davlatini savdo va iqtisodiy sohada birlaştirgan xalqaro forumdir. OTIHning 2020 yilgaça bölgan asosiy maqsadi Osiy-Tinç okeani mintaqasida erkin va oşkora savdo tizimini barpo etiş hamda liberal investitsiya tartibini yölga qöyiş sifatida belgilangan.
OTIHga a'zo davlatlar jahon YaIMning 57 foizini işlab çiqaradi. Xalqaro savdo aylanmasining 48 foizi, bevosita xorijiy sarmoyalarning 40 foizidan ortiği hamda jahon aholisining 40 foizdan ortiği uşbu taşkilotga a'zo davlatlar hissasiga töğri keladi.












