Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlaniş vaziri Aleksey Ulyukayev hibsga olinib, uy qamoğiga mahkum qilingandan keyin Rossiya hukumati içida "sarosima" hukm surmoqda. Bu haqda anonimlik şarti bilan suhbatlaşgan bir neça amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligining ta'kidlaşiça, Ulyukayevning hibsga olinişi Moskva siyosiy elitasida qörquv uyğotgan. Manbalarning aytişiça, vazirlar orasida bölib ötgan voqea sababli "sarosima" boşlangan.

Manbalarning ta'kidlaşiça, yangi hibsga olişlar yuz berişi ehtimoli bor. Ulardan biri vazirning hibsga olinişini sobiq ittifoq vaqtida kompartiyaning yuqori lavozimdagi amaldorlarining hibsga olinişiga qiyoslab, bu hibsga olişlar köpinça yo ölim jazosi, yo mehnat lagerlariga jönatiş bilan yakunlanganini qöşimça qildi.

Manba "endi barçamiz sinçkov kuzatuv ostidamiz" deb aytgan. Uning ta'kidlaşiça, uning tanişlaridan ba'zilari davlat xizmatidan ketişni öylayotganlari, biroq bu hibsga olişdan xalos qilmasligidan körqayotganlarini aytgan. "Sen qoçib qutula olmaysan", deb aytgan amaldor.

2 mln dollar pora olişda ayblanayotgan Ulyukayevning himoyasi sudning qarori yuzasidan şikoyat bergan. Moskva şahri sudi bu appelyatsiya şikoyatini körib çiqişni 28 noyabrga belgilagan.