Argentina sudi 23 sentabr kuni Venesuela rahbariyatining bir qator a’zolarini, jumladan, mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni ham hibsga olişga order berdi.
«Argentina adliya organlari insoniyatga qarşi jinoyatlari uçun Nikolas Maduro, Milliy assambleya raisi Diosdado Kabelo va Venesuela hukumatining boşqa yetakçilarini hibsga olişga sanksiya berdi», — deyiladi xabarda.
Sud qarorida keltirilişiça, «Venesuelada kamida 2014 yilda işlab çiqilgan va hali ham amalda bölgan qatağon, insonlarning yöqolib qolişi, qiynoqqa soliş, öldiriş va tinç aholini ta’qib qilişning tizimli rejasi amalda qöllanayotgani» isbotlangan.
Hibsga olişlar uçun order berişda Argentina sudi insoniyatga qarşi jinoyatlarni qamrab oladigan umumiy yurisdiksiya tamoyiliga amal qilgan.
Argentina prezidentini hibsga oliş uçun order
Şu kunning özida Venesuela Oliy sudi Argentina prezidenti Xaver Mileyni, uşbu mamlakat xavfsizlik vaziri Patrisiya Bulriç, şuningdek, prezidentning singlisi va maslahatçisi Karina Mileyni pul yuviş hamda noqonuniy ozodlikdan mahrum etişda ayblab, hibsga oliş böyiça order bergan.
Buenos-Ayres va Karakas 28 iyul kuni Venesuelada ötkazilgan prezidentlik saylovlaridan beri özaro ziddiyatli vaziyatda. Venesuela saylovlardan keyin argentinalik diplomatlarni mamlakatdan çiqarib yuborgan. Öz navbatida Buenos-Ayres Haagadagi Xalqaro jinoiy sudni Nikolas Maduroni hibsga oliş uçun order berişga çaqirgan.

















