Peru poytaxti Limada bölib ötayotgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida mahalliy ayol Rossiya prezidenti Vladimir Putinga sviter sovğa qilmoqçi bölganda politsiya tomonidan töxtatib qolindi.
Xulia Kastro ismli bu ayol kiyim-keçak işlab çiqaruvçi kiçik korxonaga ega bölib, sammitning kiçik va örta biznesga bağişlangan yiğilişlaridan birida iştirok etgan. Yiğilişdan söng ayol Putin yoniga borib, unga korxonasida tayyorlangan sviterni sovğa qilmoqçi bölganda xavfsizlik xizmati vakillari unga buni qilişga ijozat bermaganlar. Kastro komissariatga olib ketilib, u yerda undan tuşuntiriş talab qilingan.
"Ehtimol, bu köplab prezidentlarning borligi sababli körilgan yuqori darajadagi xavfsizlik çoralari sababli sviterni sovğa qiliş uçun unçalik yaxşi joy emasdi, biroq umid qilamanki, sviter Vladimir Putinga albatta yetib boradi", deb aytdi ayol RPP radoisi efirida.
Ayol sammitning yana bir iştirokçisi uçun sviter tayyorlab qöygandi va uni egasiga topşira oldi. Ayol özi iştirok etgan yiğilişda xuddi şunday sviterni Facebook asosçisi Mark Tsukerbergga tuhfa qildi.












