Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Tramp va Yelizaveta II uchrashuvi rejasi haqida xabar tarqatdi
Foto: VVS
Buyuk Britaniya hukumati AQShning yangi saylangan prezidentini keyingi yilning yozida davlat tashrifi bilan kelishga taklif etmoqchi.
The Sunday Times nashrining yozishicha, qirolicha Yelizaveta II AQShning yangi prezidenti bilan uchrashuvda bu mamlakat bilan Buyuk Britaniyaning aloqalarini mustahkamlashi kerak bo‘ladi.
Xabar qilinishicha, 20 yanvardan keyin, Tramp qasamyod qilib, o‘z vazifasiga kirishgandan keyin bu borada rasmiy taklif bilan chiqiladi.
Nashr manbalaridan birining ma'lumotiga ko‘ra, qirolicha bilan uchrashuv hukumat uchun Tramp bilan aloqalarni yaxshilashda «maxfiy qurol» vositasini o‘taydi.
Qayd etilishicha, bosh vazir Tereza Mey saylovdan keyin Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashganida, unga uning onasi — shotland bo‘lgani, u qirolichaning katta muxlisi bo‘lgani haqida eslatgan. Bundan tashqari, Tramp Mey orqali Yelizaveta ikkinchiga salom yo‘llagan.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025