«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger «Mançester Yunayted»ga qarşi öyindan keyin taassurotlarini bildirib ötdi.
Mançesterdagi «Old Trafford» stadionida keçgan uçraşuv 1:1 hisobida yakunlandi.
«Bu qoniqarli natija, axir biz 89-daqiqagaça yutqazayotgandik. Ikki saviyali jamoaning yaxşi taşkillaştirilgan öyinini kuzatdik. Biz töpni özimizda saqlab turdik, lekin sekin harakatlandik. Ikkinçi bölim boşlangaç, 20 daqiqa davomida „MYu“ bizni bosim ostida qoldirdi va öz golini urişga haqli böldi.
Yutqaza turib, durangga erişsang, bundan baxtiyor bölişing mumkin. Bugun bizga şiddat yetişmadi, lekin yakunda biz öyinga qayta oldik», — deya Vengerning sözlarini keltirgan BBC.












