Britaniyalik arxeologlar Hindistonning qadimiy aholisi taxminan 4,5 ming yil avval guruç yetiştirişni boşlaganiga oid, avval noma'lum bölgan dalillarni topişdi. Bu guruç yetiştirişning Xitoy bilan bir vaqtda yoki undan ham avval yölga qöyilganligiga işora qiladi. Antiquity jurnalida uşbu tadqiqotga doir maqola çop etildi. 

Oksford universiteti xodimi Jyennifer Beyts va uning hamkasblari xulosalariga köra, Hindistonda guruç yetiştiriş Xitoydan taxminan 430 yil avval yölga qöyila boşlagan bölişi mumkin. Tadqiqotçilar Rakhigari  qadimiy hind şahridagi vayronalarni örganib, şunday xulosaga kelişdi. 

Rakhigari va uning atrofidagi qişloqlar zamonaviy Hindistonning ğarbida joylaşgan. Mazkur hududda ötmişda ham, hozirda ham yoğingarçilik darajasi yuqori bölib, bu uşbu hududlarni qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun eng qulay joyga aylantiradi. 

Beytsning ta'kidlaşiça, uning jamoasi bu yerlardan dastlab Mesopotamiya qişloq xöjaligining arpa va buğdoy izlarini qidirişgan. Buning örniga olimlar qişda va yozda yetiştiriluvçi bir qator qişloq xöjalik mahsulotlarini topişga muvaffaq bölişgan.