Xej-fondlar va moliyaviy firibgarlar ötgan bir hafta mobaynida neft uçun 1,47 mln marta pul tikkan. Bu esa, 2007 yildan buyon kuzatilayotgan eng yuqori körsatkiçdir, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

«Hozirda, bozor juda qaltis vaziyatda turibdi, çunki işlab çiqaruvçilar ham, xaridorlar ham OPeKning 30 noyabrdagi sammitini kutişmoqda. Ular, narxlarning kutilmagan tomonga özgarişidan özlarini saqlaş niyatida», — degan Citi Futures Perspective tahlilçisi Tim Evans.

Ma'lumotlarga köra, xej-fondlar neft narxi arzonlaşuviga 14 foiz, qimmatlaşuviga 8,1 foiz köproq pul tikkan. 

Şu bilan birga, sarmoyadorlar OPeK mamlakatlari neft qazib oliş miqdorini muvofiqlaştiriş böyiça kelişib olişlari ehtimolini rad etişmayapti.