Rossiya jiddiy harbiy kuçga ega bölsa-da, global miqyosdagi muammolarni hal etiş bilan AQŞ şuğullanadi. Amerika yetakçisi Barak Obama OTIH sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida şunday fikrlarni bildirgan. Anjuman Oq uyning YouTube sahifasida jonli ravişda efirga uzatilgan.
Obama Rossiya xususida fikr bildirar ekan, uni «juda muhim harbiy qudratli davlat» deb atagan. Şu bilan birga, u misol tariqasida ikki davlatni taqqoslab, Moskva Gaitini «Mettyu» töfonidan keyin qanday tiklaş haqida qayğurmasligini ta'kidlagan. «Buni biz qilamiz va bu faxr bilan kötarişimiz lozim bölgan oğir yukdir», — degan AQŞ rahbari.
Obama Xitoy xususida ham fikr bildirar ekan, Pekin ma'muriyati Parij iqlim kelişuvini şakllantirişga munosib hissa qöşganini qayd etib, biroq mazkur şartnomaga 200ga yaqin davlat qöşilgani XXR xizmatining samarasi emasligini ta'kidlagan.












