Rossiya çempionatining 14-turidan örin olgan uçraşuvda «Krasnodar» Yekaterinburgning «Ural» jamoasini öz uyida qabul qilib yirik hisobda ğalaba qozondi.

Uçraşuvning dastlabki bölimida mezbonlar raqib darvozasiga yöl topa olişmadi. Ikkinçi bölimda jamoaning asosiy futbolçilari Fyodor Smolov va Odil Ahmedovlar zaxiradan maydonga tuşirilgaç, Igor Şalimov şogirdlari 8 daqiqa içida uç bor raqib darvozasini işğol qilişga muvaffaq böldi va yirik hisobda ğalaba qozondi. 

Mezbonlar tomonidan kiritilgan golga Özbekiston terma jamoasi sardori hammualliflik qildi. Ahmedov birgina töp uzatiş bilan Joaozinoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga olib çiqdi va braziliyalik futbolçi bu imkoniyatdan unumli foydalanib yirik hisobni ta'minladi.

Uşbu ğalabadan keyin «Krasnodar» hisobidagi oçkolar soni 24taga yetdi va jamoa 5-öringa muqim joylaşib oldi. Peşqadam «Spartak» bilan oradagi farq 7 oçkoni taşkil qilmoqda. Biroq «Spartak» 14-tur öyinini endi ötkazadi va oradagi farq yana oşişi mumkin.

Rossiya çempionati
14-tur

Krasnodar – Ural 3:0 (0:0)
Gollar: Gazinskiy (66), Smolov (71), Joaozino (74).

Krasnodar: Kritsyuk, Naldo, Yendjyeyçik, Kaleşin, Grankvist, Gazinskiy, Kabore, Bistrov (Odil Ahmedov, 61), Pereyra (Torbinskiy, 81), Joaozino, Ari (Smolov, 46).
Ural: Zabolotnyy, Dinga, Fontanello, Dantsev, Fidler, Podoksenov (Stavpets, 72), Çanturiya, Kulakov, Korobov (Pavlenko, 61), Lungu (Bugui, 86), Pavlyuçenko.

 

Manba: tribuna.uz