Rossiyaning priamurelik mutaxassislari kömirdan oltin olişni örganişdi, deb xabar qilmoqda RFA Uzoq şarq bölimi. Ma'lum bölişiça, bir tonna kömir yoqilgaç, bir gramm tilla oliş mumkin. 

Gap şundaki, Amur ilmiy markazi olimlari 15 yil mobaynida uşbu yoqilğining tarkibini örganişgan va Yerkovets kömir havzasida qazib olingan bir tonna kömir tarkibida bir gramm oltin borligini aniqlaşgan. Har yili millionlab rubl mablağni havoga sovurmaslik maqsadida, qimmatbaho metallni çiqindilardan ajratib oliş usulini topiş lozim edi. 

Olimlar issiqlik elektrstansiyalari mörilariga örnatilgan filtrlarga zararli çiqindilar singari foydalilari ham örnaşib qolişini aniqlaşdi. Bu çiqindilardan oltinni ajratib oliş tizimi körinişidan bir neçta quvurlarga ega peçkaga öxşaydi. U kömir yonişidan çiqqan tutunni yuz marta tozalaş imkonini beradi. 

Dastlab, aralaşmalar suvda yuvilib, loyqa maxsus filtrdan ötkaziladi. Söngra, oltinga ega konsentrat affinajga yuboriladi. 

Tizim bir tonna kömir çiqindisidan 0,5 gramm tilla olişga imkon bergan taqdirda ham qöşimça 1500 rubl daromad köriş mumkin, deb hisoblaydi «Kompleksnyye innovatsionnyye texnologii Amurskogo nauçnogo sentra» MÇJ boş direktori Oleg Ageyev. 

Loyihani amalga oşirişga bel boğlagan olimlar Skolkovoda sanoat qurilmasini joylaştiriş uçun 1,5 mln rubllik grant mablaği olişni rejalaştirişmoqda.