AQŞdagi prezidentlik saylovlaridan keyingi barça alomatlar AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin örtasida mustahkam aloqalar örnatilişiga işora qilmoqda. Biroq Brukings institutining Rossiya işlari böyiça mutaxassisi Fiona Xill özgaça fikr bildirmoqda, deb yozmoqda The Atlantic.

Mutaxassis Rossiya turli xalqaro jarayonlarga ta'sir qilişda AQŞ kabi huquqqa ega bölişni istayotgani haqidagi fikrni bildirmoqda. Tramp "murosaga bormaydigan şaxs" bölgani sababli, ziddiyatlarga bormaslikning iloji bölmaydi.

Xillning fikriça, "sovuq uruş" merosi, Rossiya va AQŞ yetakçilari tomonidan dunyoning turli körilişi ikki davlat örtasidagi munosabatlardagi tarangliklarni vujudga keltiradi.        

Xillning fikriça, AQŞ va Rossiyadagi keskinlik qandaydir lahzada yana vujudga kelib, ittifoq barbod böladi. Mutaxassis "agar Rossiya AQŞdan sanksiyalardan körilgan zararni qoplaşni yoki AQŞning Rossiya çegarasi yaqinidagi NATO davlatlarida mavjudligini kamaytirişni talab qilsa, AQŞ nima qiladi?", "Agar Tramp Rossiya Suriyada hamkorlik qilayotgan Eronga nisbatan tajovuzkor siyosat olib borişni boşlasa nima böladi?, degan savollar bilan yuzlanmoqda.