Daniya çempionatining 17-turi doirasida «Syonneryyusk» va «Midtyullann» jamoalari örtasida keçgan bahsda kuçli şamol golga sababçi bölişi mumkin edi.
74-daqiqada mehmonlar darvozaboni Yoxan Dalin töpni öz hududida turib tepdi, ammo töp kuçli şamol qarşiligiga uçrab, orqaga yönaldi. Raqib hujumçilari bu vaziyatdan foydalanib, töpga egalik qilişi mumkin edi, ammo Dalin oldinga çiqib, uni töxtatdi va töpni uşlab oldi. Lekin u bu vaziyatda raqib futbolçisiga qarşi qoida buzgani uçun jarima zarbasi belgilandi. Bu xavfli vaziyat ham mehmonlar tomonidan bartaraf etilgan.
Lekin mezbonlar baribir maqsadlariga erişdi, öyinning 85-daqiqasida urilgan gol hisob 1:0 bölişini ta'minladi.











