Tribuna.Uz Yevropa çempionlar ligasining bugun bölib ötadigan uçraşuvlaridan anons berişni davom ettiradi.

Yana bir qiziqarli kuraş keçayotgan guruh bu sönggi N guruhi. Bir yöla 3ta jamoa pley-off yöllanmasi uçun kuraş olib bormoqda. 5-tur köp masalalarga oydinlik kiritib berişi mumkin.

Turnir jadvali. Ortda qolgan 4 turdan keyin 10 oçko töplagan «Sevilya» pley-off yöllanmasini hal qilib qöyişi mumkin edi. Biroq «Lion»ning «Yuventus» darvozasiga oxirgi daqiqalarda kiritgan gol nazariy jihatdan bu işni orqaga surdi. Biroq bugun bölib ötadigan uçraşuvda ispan jamoasi ğalaba qozongan taqdirda nafaqat keyingi bosqiç, balki guruhda birinçi örin masalasini ham hal qilişi mumkin. «Yuventus» esa ötgan yilgi xatoni takrorlamaslik (2-örin bilan pley-offga çiqqan va «Bavariya»ga röbaro‘ kelib, musobaqadan çiqib ketgandi) uçun ham bugun kamida mağlubiyatga uçramasligi kerak böladi. 4 oçko jamğarib turgan «Lion» esa autsayder uyida ğalaba qozonib qaytsa, kuraşni davom ettiriş imkoniyatini saqlab qoladi.

Sevilya – Yuventus (00:45, Matç TV )

Sözsiz kunning eng markaziy uçraşuvi Andalusiyada bölib ötadi. Turinda bölib ötgan uçraşuvda qayd qilingan durang natijasi Xorxe Sampaoli jamoasi bugun juda qöl kelişi mumkin. Durang natija ham ispanlarni bahorgi musobaqalarga olib çiqadi. Ammo bir yöla 1-örinni hal qiliş uçun «Yuventus» mağlub etilişi kerak. «Yuventus» uçun keyingi bosqiçga çiqiş masalasi unçalik muammo tuğdirmasligi mumkin. Sababi jamoa sönggi turda autsayder bilan kuç sinaşadi va ğalaba jamoani keyingi bosqiçga olib çiqadi. Biroq 2-örin bilan pley-off çiqiş qançalik tavakkalçilik ekanini ötgan yilgi natijalar körsatib bergan.

Öyindan oldin. «Yuventus»ning Italiyadagi işlari ideal keçmoqda, jamoa hamon katta farq bilan karvonboşilik qilayapti. Ötgan turda «Peskara»dek örtamiyona jamoaga qarşi öyinda jamoa YeÇL uçun kuçni tejagan holda ğalaba qozondi. Turinliklar şu kunga qadar yevrokuboklarda 17 marotaba ispan jamoalari mehmoni bölgan bölib, faqat 3tagina uçraşuvda ğalaba qozongan. Ammo bu mavsumda jamoa faqat 2 marta mehmonda imkoniyatni boy berdi. Ikkalasi ham Milan klublariga qarşi «San-Siro»dagi uçraşuvlarda sodir böldi. «Sevilya» yaqinda «Barselona»dan uçralgan mağlubiyat natijasida 8 seriyadan iborat ğalabali seriyasiga yakun yasagandi. Ammo jamoa Çempionlar ligasida muvaffaqiyatli iştirokini davom ettirmoqda. Unçalik sermahsul öyin körsatmayotgan Sampaoli şogirdlari şu bilan birga hali birorta ham töp ötkazib yubormagan. Şuningdek, «Sevilya» yevrokuboklarda italyan jamoalariga qarşi 3ta uçraşuv ötkazib biror marta ham mağlubiyatga uçramagan – ikkita ğalaba. Ötgan turda «Deportivo» ustidan sönggi daqiqalarda ğalabani tortib olgani (3:2) ham jamoaning kayfiyati joyida ekanini körsatib turibdi.