Instagram’da jonli videotranslyatsiyalar qiliş imkoni paydo böldi. Bu haqda kompaniya özining rasmiy blogi orqali ma'lum qildi.

Translyatsiyalar Instagram Stories bölimida çop etiladi. Video tagida sönggi izoh va “Like”lar, yuqori qismida esa tomoşabinlar soni körsatiladi.

Translyatsiya boşlanişidan avval öquvçilar bu haqda xabar olişadi. Translyatsiya yakunlangaç, u 1 kun davomida öçib ketadi. Uni odatiy surat va videolar kabi saqlab qolib bölmaydi.

Hozirda funksiya barça foydalanuvçilar uçun mavjud emas. Kompaniya asta-sekinlik bilan qolgan foydalanuvçilar ham uşbu imkoniyatdan foydalanişi mumkin bölişini ma'lum qilgan.

Ilovaning yangi versiyada translyatsiyadan taşqari, öz-özidan öçib ketadigan surat va videolar yuboriş imkoni paydo bölgan. U ham Instagram Stories’ga öxşaydi, biroq uni faqatgina şaxsiy xabarda yuboriş mumkin va u bir neçta foydalanuvçiga yuborilişi mumkin, xolos.