Peruda bölib ötgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti maydonida Xitoyning TTH (Transtinç okeani hamkorligi)ga qöşiliş imkoniyatlari muhokama etilgan. Bu haqda, The Australian naşri öz manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Naşrga köra, garçi AQŞ mazkur taşkilot safini tark etgan taqdirda ham kelişuv barbod bölmasligi mumkin. Xitoyga taklifnoma yuboriş ğoyasini kelişuvga a'zo bir neça davlat rahbarlari ma'qullaşgan.
Bundan taşqari, Kanada, Yangi Zelandiya, Meksika, Peru, Çili va Osiyoning qator mamlakatlari yuqori lavozimli mulozimlarining yopiq eşiklar ortida ötkazgan uçraşuvlarida TTHdan boş tortmaslik taklifi muhokama etilgan.
Avvalroq, AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, özining prezidentlik vazifasiga kirişgan ilk kunidayoq, TTHdan çiqişni boşlaşi haqida ma'lum qilgan edi.












