«Real» jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu yana bir «Oltin töp»ni qölga kiritişni juda xohlayotganini tan oldi.
«Mening maqsadim – har yili «Oltin töp»ni qölga kiritiş. Ötgan yili uşbu mukofotga ega böla olmagandim. Umid qilamanki, bu safar yutaman», deya portugaliyalik futbolçining sözlarini keltirgan France Football.
Qayd etiş kerakki, uşbu futbolçi joriy yilda jamoasi bilan YeÇLda ğolib çiqqani va terma jamoasi bilan Yevropa çempioni bölgani uning mukofot ğolibligi uçun favoritligini ta'minlamoqda.
Qolaversa, u Ispaniya çempionatida «Real» bilan kumuş medal sohibiga aylangandi.
Bundan avvalgi xabarlarda, Ronalduning agenti Jorjye Mendeş uning mijozidan boşqa heç kim «Oltin töp–2016»ga munosib emasligini bildirgandi.












