Mamlakatimiz saylovçilarining yarmidan ziyodi xotin-qizlardir. Şuning uçun ularning saylov jarayonida faol iştirok etişi va ovoz berişi Vatan kelajagini, istiqboldagi rivojlaniş yölini belgilaşda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ularning saylovçi sifatidagi huquqiy madaniyatini yuksaltiriş borasida qizğin iş olib borilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirişga doir tadbirlar dasturi asosida saylovçi opa-singillarimizning elektoral faolligini oşirişga Özbekistondagi siyosiy partiyalarning “Ayollar qanoti” ham faol kirişgan.

– Partiyamiz a'zolarining 92 ming nafardan ziyodi, ya'ni 47,7 foizi xotin-qizlardir, – deydi Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisining xotin-qizlar va yoşlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş masalalari böyiça örinbosari F. Muhammedjonova. – Safimiz yanada kengayişi yölida faol iş olib borayapmiz. Çunki bu bizga opa-singillarimizning huquq va manfaatlarini siyosiy darajada ilgari surişga yordam beradi.

Biz ayollarning saylovda iştirokini, partiyalarga bölgan munosabatini doimiy örganib boramiz, ularning siyosiy huquqlari ta'minlanişi holatini tahlil qilamiz. Şu asosda tegişli çora-tadbirlar dasturini belgilab olayapmiz. Prezident saylovi arafasida ayollarning huquqiy madaniyati va siyosiy faolligini oşirişga qaratilgan “Xotin-qizlar va siyosat”, “Xotin-qizlar faolligini oşirişda siyosiy partiyalarning roli”, “Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş va ularda yetakçilik qobiliyatlarini şakllantirişning dolzarb vazifalari”, “Milliy tiklaniş ğoyalarini tarğibot va taşviqot qilişda ayollarning örni” mavzularida seminar-treninglar ötkazayapmiz. Uşbu tadbirlar natijasida opa-singillarimiz öz huquqlari bilan yanada çuqurroq tanişiş bilan bir qatorda, Prezident saylovida ovoz berişning ahamiyatini teran anglab yetişmoqda.

– Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilayotgan alohida e'tibor işbilarmon xotin-qizlarimiz uçun keng imkoniyatlar eşigini oçmoqda, – deydi Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengaşi ijroiya qömitasi raisining örinbosari M. Akramova. – Tadbirkor ayollarimiz hududlar iqtisodiyotiga katta hissa qöşmoqda. Ular nafaqat iqtisodiy, ayni paytda siyosiy faol bölib borayapti. Şu bois partiyamiz elektorati orasida opa-singillarimiz soni tobora ösmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi böyiça saylov kampaniyasi e'lon qilinişi bilanoq biz saylovçi xotin-qizlarning elektoral faolligini yanada oşiriş tadbirlar rejasini işlab çiqdik. Şu kunlarda mamlakatimizning olis qişloq tumanlarida ayollarimiz bilan uçraşar ekanmiz, ularning jamiyat hayotidagi maqomini izçil yuksaltiriş, saylov qonunçiligi borasidagi bilimlarini mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratayapmiz, ularning ovoz berişda faol qatnaşişining ahamiyati haqida suhbatlaşmoqdamiz. Xotin-qizlarni kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qiliş, ularning bandligini ta'minlaş, biznes ğoya va taşabbuslarini amalga oşirişga kömaklaşiş ustuvor vazifa bölib qolmoqda. Bu sa'y-harakatlar ayollarimiz ijtimoiy-iqtisodiy va maişiy turmuş şaroitlarini yanada yaxşilaş hamda ularning siyosiy faolligini yuksaltirişga xizmat qiladi. Binobarin, hozirgi kunda aynan işbilarmon, faol opa-singillarimiz mamlakatimizda kuçli fuqarolik jamiyatini şakllantirişning bevosita iştirokçilari hisoblanişadi.