Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening fikriça, Transtinç okeani hamkorligi böyiça kelişuvda AQŞ iştirok etmas ekan,hamkorlik foydasizdir.
Abe Buenos-Ayres şahrida ötkazgan matbuot anjumanida qöşimça qilganidek, kelişuvda iştirok etayotgan davlatlarning heç biri AQŞdagi prezidentlik saylovidan keyin uşbu bitimdagi öz iştirokini bekor qilmagan.
TTH kelişuvi Osiyo-Tinç okeani mintaqasida yangi erkin savdo hududini taşkil etiş böyiça davlatlararo bitim bölib, AQŞ rahbarligida bir neça yillar davomida tayyorlangan va 2016 yil fevralida imzolangan edi. Uni AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Malayziya, Bruney, Vetnam, Yaponiya, Meksika, Çili va Peru davlatlari imzolagan.
Uşbu kelişuvni tayyorlaş va imzolaş Obama ma'muriyatining Osiyodagi siyosatining asosiy jihatlaridan biri böldi. Biroq, öz saylovoldi çiqişlarida mazkur kelişuvni köp bora tanqid qilgan Donald Tramp prezidentlik saylovida ğalaba qozongaç, kelişuv taqdiri xavf ostida qolayotgan edi.
Donald Tramp prezidentlikka kirişganidan söng, uşbu kelişuvdan çiqiş hamda özaro foydali ikki tomonlama savdo şartnomalari yuzasida muzokaralar olib borişini bildirib, bu xavotirlar asosli ekanini tasdiqladi.












