Germaniyada ajoyib karera qurishga muvaffaq bo‘lgan  Angela Merkel ketma-ket to‘rtinchi muddatga mamlakat kansleri lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Kimyo sohasi mutaxassisi, qachonlardir barcha nemislarning sevimli yetakchisi so‘nggi paytlarda o‘zining migratsion siyosati tufayli ko‘p yurtdoshlarining g‘azabiga duchor bo‘lmoqda. "Men sportda katta muvaffaqiyatlarga erishmaganman, lekin tilim o‘tkir bo‘lgan. Men jamiyatda, odamlar orasida  bo‘lishni yoqtirardim, doim nimalarnidir tashkillashtirish, qandaydir bayramlarga tayyorgarlik ko‘rishni xush ko‘rardim", - der edi avvallari Merkel. O‘shandan buyon hech narsa o‘zgarmadi, frau to‘rtinchi muddat sari qadam qo‘ymoqda, demak, uning bayrami davom etishi mumkin. Gazeta.ru nashri Merkelning suratlaridan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. 

Angela Merkelning GFR vazirlar mahkamasidagi haftalik majlislarida olingan suratlaridan tuzilgan kollaj, 2009 yil 

Markus Schreiber/AP

Angela Merkel Berlindagi rojdestvo archasi fonida, 2005 yilning 25 noyabri

Arnd Wiegmann/Reuters

Angela Merkel va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tomskdagi «Vechnyy zov» restoran-traktirida, 2006 yilning apreli

Dmitriy Astaxov/TASS/Reuters

Angela Merkel Amerika prezidenti Barak Obama bilan Germaniya janubidagi Elmau saroyida "katta yettilik" uchrashuvi maydonlarida, 2015 yilning iyuni

Michael Kappeler/Reuters

Angela Merkel va Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi mamlakatning birinchi xonimi Karlo Bruni-Sarkozi uyida uyushtirilgan lanch oldidan, 2008 yilning 24 noyabri