Dunyo aholisining yarmidan köpi - 3,9 milliard kişi - internetning şiddatli rivojlanib borayotganiga qaramay, undan foydalanmas ekan. Seşanba kuni Jyenevada bölib ötgan Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI - BMTning ixtisoslaştirilgan muassasasi) hisobotida ana şunday ma'lumot keltirib ötilgan. Bu haqida TASS xabar berdi.
Bugungi kunda mobil keng polosali internetga texnik jihatdan Yer şarining 84 foiz aholisi kirişi mumkin, lekin "Axborot jamiyatini ölçaş" deya nomlangan tadqiqotga köra, atigi 47 foizdan biroz köproq aholigina internetdan foydalanar ekan.
"Yuqori narxlar, xizmat körsatiş sifatining yomonligi va boşqa tösiqlar köp odamlarning raqamli olamga kirişiga yöl bermaydi", - deydi XEI ekspertlari. Ularning sözlariga köra, bugungi kunda 3,9 milliard kişi oflaynda qolmoqda, bularning aksariyatini ayollar, qariyalar, savodsiz va daromadi kam kişilar hamda qişloq aholisi taşkil qiladi.
Mobil aloqaga keladigan bölsak, 15 yoşdan 74 yoşgaça bölgan kişilar orasida sayyora aholisining 85 foizi undan foydalanar ekan.












