Tribuna.Uz bölajak öyinlardan anonslar berişni davom ettiradi.
Tribuna.Uz bölajak öyinlardan anonslar berişni davom ettiradi.
Ikkita yaqqol favorit pley-off yöllanmasini naqd qilib ulgurgan guruhda ikkita masala oçiq qolmoqda. Guruh ğolibi kim böladi? Yevropa ligasi yöllanmasini kim qölga kiritadi? Bu savollarga sönggi turda jamoalarning özaro uçraşuvlarida javob olişimiz mumkin. 5-tur esa muhim tur oldidan repetitsiya vazifasini ötab berişi lozim.
Turnir jadvali. «Bavariya»ni öz uyida mağlub etgani hisobiga «Atletiko» hozirça 100 foizlik natija bilan guruhda yetakçilik qilmoqda. «Bavariya» hisobida 9 oçko mavjud. Autsayderlar PSV va «Rostov» Yevropa ligasi uçun kuraşni davom ettirmoqda.
Rostov – Bavariya (22:00, Matç TV)
«Rostov» Yevropa çempionlar ligasining öz uyidagi sönggi uçraşuvida deyarli ikkinçi tarkibi bilan Rossiyaga taşrif buyurgan «Bavariya»ni qabul qiladi. Kelgusi yilda YeÇL yöllanmasini qölga kiritişi amri mahol bölgan rostovliklar buni his qilgan holda öz uylaridagi sönggi YeÇL öyinini munosib ötkazişga harakat qilişlari lozim.
Öyindan oldin. «Rostov»ning Rossiya çempionatidagi işlari yaxşi emas. Ötgan turlarda jamoa körsatgan öyin yevrokuboklar yöllanmasi uçun yetarli natijalarni bermayapti. Biroq «Atletiko»ga qarşi öyinda jamoa Yevropaning eng kuçli jamoasiga qarşi himoyadan turib bölsada, munosib qarşilik körsata olişi mumkinligini isbotladi va sal bölmasa rus klubi Madriddan oçko olib qaytişi ham mumkin edi. «Bavariya» ham öz çempionatida avvalgidek xotirjam böla olmayapti. Ötgan turda «Borussiya D»dan uçralgan mağlubiyatdan keyin Ançelotti şogirdlari yil kaşfiyoti bölib turgan «Leyptsig»ga peşqadamlikni topşirib qöyişdi.
Yöqotişlar. Yuqorida aytib ötilganidek, bu uçraşuvda «Bavariya» köplab asosiy tarkib futbolçilari xizmatidan foydalana olmaydi. Robben, Xavi Martines, Kingsli Koman va Arturo Vidal jarohati bois Rossiyaga uçib kelişmagan. Riberining iştiroki ham söroq ostida turibdi. Şuningdek, murabbiy jamoaning yulduz darvozaboni Manuel Noyyer uçun ham tavakkal qilmagan. Noyyer eski jarohatlardan davolanib olişi uçun, Rostovga olib kelinmadi. Mezbonlar esa özlari uçun optimal tarkibda maydonga tuşişi kutilmoqda
Taxminiy tarkiblar












