Bu safargi Istanbul sayohatim buyuk sahobiy Abu Ayyub al-Ansoriy maqbarasini ziyorat etişdan boşlandi. Menimça, Şarqu Ğarbning javohir şahri Istanbulning yuragi Ayyub tumani bölsa kerak. Abu Ayyub al-Ansoriy majmuasi atrofida har qadam masjid, har qadam mozor. Mahalliy aholi eng köp taşrif buyuradigan ziyoratgoh ham aynan şu. Özgaça fayzi bor bu yerning. Bu haqda bloger Davronbek Tojialiyev “Feysbuk”dagi öz sahifasida yozmoqda.

Ayyub Sulton jome' masjidi Istanbul fathidan söng qurilgan ilk katta jome' masjididir (1558). 

Ayyub Sulton jome' masjidi

Istanbulda sahobalarga oid 29 ta ziyoratgoh mavjud bölib, ularning 2 tasi mozor (haqiqiy qabri şu yerda joylaşgan), qolganlari maqomdir (ya'ni, şu yerda vafot etgani şubhali). 

Istanbul tuproqlariga sahobalar fath maqsadida ilk marta hijriy 48 yili (melodiy 668) kelişgan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bu qöşin tarkibida 63 sahoba ham bor edi. Ular orasida Abu Ayyub al-Ansoriy, Abu Şayba al-Xudriy, Fazola ibn Ubayd al-Ansoriy, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Zubayr kabi maşhur sahobalar ham bor edi. Eng şiddatli janglar Ayvonsaroy-Edirnekapi orasida bölgan. Abu Ayyub al-Ansoriy vasiyatiga köra, Konstantinopol devorlari ostiga dafn etilgan. 

Sulaymoniya jome' masjidi xonaqosi

Doktor Mehmet Efendiöğli “Sahobalar davri Istanbul safarlari” ilmiy işida bayon etişiça, Istanbulda faqatgina 2 sahobaning (Abu Ayyub al-Ansoriy va Payğambarimizning s.a.v. sut qardoşlaridan Abu Şayba al-Xudriy) qabri mavjud. 

Istanbul tepaliklarda joylaşgan. Har tepaga muhtaşam masjidlar barpo qilingan. Sulaymoniya (Sulton Sulaymon Qonuniy buyruği bilan me'mor Sinon tomonidan 1550-1557 yillarda barpo qilingan), Fotih (Istanbul fotihi Sulton Muhammad Fotih tomonidan 1462-1470 yillarda qurdirilgan), Eminönudagi Volida Sulton (Murod III ning zavjasi Sofiya Sulton buyruği bilan boşlangan, 1597-1665 yillarda qurib bitkazilgan), Sulton Ahmad (Sulton Ahmad tomonidan 1609-1617 yillari qurdirilgan), Ayasofiya (1453-1930 yillarda masjid sifatida foydalanilgan) jome' masjidlari eski Istanbulning eng gözal arxitektura namunalaridandir. Jome'ga kirib, binoning naqşu nigorlari, muhtaşam ustunlari-yu gumbazlarini tomoşa qilankansiz, beixtiyor, döppingiz yerga tuşib ketişi tabiiy.