Amerika va Kanada geofiziklari Mars yuzasi ostiga yaşiringan, muzlagan suvdan iborat ulkan dengizni topişga muvaffaq bölişdi. Bu haqida Geophysical Research Letters jurnalida berilgan tadqiqot xulosalariga asoslanib, NASA ma'lum qildi.
Suv muzi (50-80 foiz), qum va gazlardan iborat qatlam Utopiya tizmalarining ğarbiy qismi yuzasidan 1-10 metr çuqurlikda joylaşgan. Muzlagan hovuz 80-170 metr qalinlik hamda 14,3 ming kub kilometr hajmga ega.

Olimlar muzlagan dengizni SHARAD (Shallow Radar) radiolokatori va MRO (Mars Reconnaissance Orbiter) orbital stansiyasi yordamida topişga muvaffaq bölişdi.
MRO orbital qurilmasi 2005 yilda Marsga yönaltirilgan, 2006 yilda esa Qizil sayyoraga yetib borgan. 2008 yilda uning asosiy missiyasi yakunlangan, biroq NASA zond faoliyatini davom ettirdi. Qurilma sayyora yuzasi s'yomkalaridan taşqari, roverlardan Yerga signal uzatişda ham iştirok etadi.













