Sport | 16:16 / 23.11.2016
8503
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi

6-8 dekabr kunlari qo‘l jangi bo‘yicha havaskorlar va professionallar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaga poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qiladi. Ushbu xalqaro turnir xizmat vazifasini o‘tash davrida halok bo‘lgan insonlar xotirasi uchun tashkil etiladi.

6 dekabr kuni xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, professionallar o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tadi. 7 va 8 dekabr kunlari havaskor qo‘l jangi ustalari medallar uchun bahslarga kirishishadi.

O‘z tarixida 15-marotaba o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Ukraina va Erondan qo‘l jangi ustalari ishtirok etadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid