AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp özining bölğusi ma'muriyatini ikki muddatga prezident bölib qoliş hisobidan şakllantirmoqda. Bundan uning tvitterdagi sahifasida paydo bölgan xabar guvohlik bermoqda. 

"Bugun Trump Tower’da keyingi 8 yil davomida hukumatni boşqaradigan insonlardan jamoamni şakllantiriş bilan boğliq muhim uçraşuvlar bölib ötadi", deb yozgan Tramp.

Keyingi kunlarda Tramp özining boş qarorgohiga Kongress, hukumat va qurolli kuçlarning amaldagi va sobiq vakillarini munosib jamoa şakllantiriş maqsadida içki va taşqi siyosat masalalarini muhokama qiliş uçun faol taklif qilmoqda.

Ayni vaqtda Tramp bir qator muhim lavozimlarga kimlarni qöyişni hal qilib qöydi. Tramp AQŞ mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasining sobiq rahbari, iste'fodagi  general-leytenant Maykl Flinni milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi sifatida, adliya vaziri sifatida Alabama ştatidan senator Jyeff Seşnsni, Oq uy xodimlar ma'muriyati rahbari sifatida Rayns Pribesni, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori sifatida Kanzas ştatidan kongressmen Mayk Pompeoni tanladi.

Trampning boş maslahatçisi va boş siyosiy strategi uning saylovoldi ştabiga rahbarlik qilgan Stiv Bennon böladi. 

AQŞda prezident 4 yillik muddatga saylanadi va bu lavozimni ketma-ket yoki tanaffus bilan ikki martadan köproq marta egallay olmaydi.

Trampning inauguratsiyasi 2017 yil 20 yanvarda bölib ötadi.