AQŞning Forbes jurnali "Gollivudning eng omadsiz filmlari" – 2016 yilning omadsiz filmlari röyxatini çop etdi.

Antireyting yetakçisi "Maks Stil" (Max Steel) deb nomlangan ilmiy-fantastik film böldi.

Styuart Xendler rejissyorligida olingan filmni suratga olişga 11 mln dollar sarflangan, u yiğa olgan summa 4,4 mln dollarni taşkil qilgan. Filmda aktyorlar Ben Uinçell va Endi Garsiya suratga tuşganlar.

2-örinni Mettyu Makkonaxi rol öynagan "Jons erkin ştati" filmi egalladi, u 50 mln dollar sarf-xarajatda 23 mln dollar yiğa olgan. 3-örinni "Pop-yulduz: töxtama" filmi egalladi. Filmga 20 mln dollar sarflangan, biroq u keltirgan pul 9,5 mln dollarni taşkil qilgan. 

Röyxatning birinçi beştaligidan "Kibr va taxmin hamda zombi" filmi (sarflangan 28 mln dollar, keltirgan 16,4 million), "Retçet va Klank: Galaktika reynjyerlari" multfilmi (sarflangan 20 mln dollar, keltirgan 11,8 mln dollar) örin olgan.

Keyingi poğonalarni "Josus qöşnilar " (40 mln dollar, 26,9 mln dollar), "Reportyor ayol" (35 mln dollar, 24,9 mln dollar), "Aka-uka Grimsbi" (35 mln dollar, 28,7 mln dollar) va "Snouden" (40 mln dollar, 34,3 mln dollar) filmlari egallagan.

Öntalikning oxirgi poğonasidan "Sababçilar" komediyasi (35 mln dollar, 22 mln dollar) örin olgan.