Nokia bozorga qaytib, tanaffusdan söng özining ilk smartfonlarini Barselonadagi Mobile World Congress 2017 (MWC 2017) körgazmasida (2017 yil 27 fevral-2 mart) taqdim etadi. The Android Soul insayderlik manbasi Nokia flagmanining öziga xos jihatlarini ma'lum qildi.
Uskuna Android operatsion tizimi boşqaruvida işlaydi. U suvdan himoyalangan metalli korpusga ega bölişi kutilmoqda. Insayderlar smartfonning eng muhim parametrlarini ma'lum qilişdi:
• Çipset: Qualcomm Snapdragon 820, 4 yadrolik, Adreno 530 grafikasi
• Ekran: Quad HD (2560x1440 toçek), 5,2 yoki 5,5 dyuym
• Asosiy kamera: Carl Zeiss obektivi
Nokia smartfonni işlab çiqariş bilan bevosita şuğullanmaydi. Bu vazifa, şuningdek, uskunani bozorda taqdim etiş vakolati kompaniya bilan 10 yilga şartnoma tuzgan HMD Global korporatsiyasiga berilgan.
Nokia 2017 yilda hamyonbop D1C (“jonli” foto) smartfonini ham taqdim etişi rejalaştirilgan. Uskuna Snapdragon 430 asosida işlab çiqiladi.

















