Davlat byudjyeti masalasi böyiça siyosiy partiyalar fraksiyasi öz takliflarini ilgari surişdi.

24 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar Davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamğarmalari byudjyetlarining 2016 yil töqqiz oyidagi ijrosi töğrisidagi hisobotni körib çiqdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining quyi palatadagi fraksiyasi a'zolari mamlakatimizda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, xususiy mulkni himoya qiliş va uning daxlsizligi kafolatlarini ta'minlaş, şuningdek, investitsiya va işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaşga qaratilgan izçil islohotlar olib borilayotganligini alohida ta'kidladi.

Jumladan, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida amalga oşirilgan işlar natijasida mikrofirma va kiçik korxonalarning işlab çiqariş hajmlari ösdi va öz navbatida ular tomonidan tölanadigan yagona soliq tölovi miqdorining oşişiga zamin yaratildi. Mazkur daromad turi böyiça tuşumlar 1 trillion sömdan oşib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 23,3 foizga ösgani e'tirof etildi.

Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari öz dasturiy maqsadlaridan kelib çiqqan holda eksport qiluvçi korxonalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, eksportni diversifikatsiya qiliş, mamlakatimizda işlab çiqarilgan mahsulotlarni sotiş uçun yangi bozorlarni özlaştiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarning yuqori natijalarini alohida e'tirof etdi.

Şuningdek, fraksiya a'zolari tomonidan respublika byudjyetidan mahalliy byudjyetlarga ajratiladigan subventsiya uluşi 2015 yilning mos davriga nisbatan 2,5 bandga kamayganligi hamda mamlakatimizning turli hududlaridagi 14 ta tuman va şaharlar subventsiyadan çiqarilganligi partiyaning iqtisodiy sohadagi mamlakatimiz hududlarini özaro uyğun rivojlantiriş, mahalliy byudjyetlar daromadlar bazasini mustahkamlaş kabi vazifalariga töla mos kelayotganligi ta'kidlandi.

Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasidan sözga çiqqanlar majlis iştirokçilarining diqqatini aholini manzilli ijtimoiy himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş tizimini yanada rivojlantiriş masalalari, şuningdek, yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturining amalga oşirilişiga qaratdi.

Xususan, ijtimoiy sohaga ajratilgan mablağlar hajmi yildan-yilga oşib, joriy yil 9 oyida Davlat byudjyeti mablağlarining qariyb 60 foizi yönaltirilgan.