AQŞning barça ştatlaridagi universitetlar va kollejlarda “taom banklari” deb nomlanuvçi peştaxtalar faoliyat yuritmoqda. Bu yerda, kam ta'minlangan talabalar, oziq-ovqat va şaxsiy tozalik mahsulotlarini bepul olişi mumkin. Şu bilan birga, bu yerga kelganlarning şaxsi noma'lumligiça qoladi, deb xabar qilmoqda insidehighered.com. 

Umuman, AQŞ OÖYuda 395ga yaqin şunday mahsulotlar peştaxtasi oçilgan bölib, ularning barçasi "Kollej va Universitetlar taom banki alyansi"ga (College and University Food Bank Alliance) qaraşlidir.

Taşkilot 4 yil avval paydo bölgan edi: öşanda uning tarkibida 15 kişi bölgan. College and University Food Bank Alliance 300ga yaqin köngilli a'zosiga ega. 

Talabalar uçun bepul mahsulotlar peştaxtasi xayr-ehsonlar bilan har ikki haftada töldiriladi. "Taom banklari"ga kiruvçilar öz şaxslarini ma'lum qilmasa-da, çiqaverişda maxsus röyxatnomaga qaysi mahsulotdan qança olganini qayd etişlari talab etiladi. 

Wisconsin HOPE Lab laboratoriyasi tomonidan ötkazilgan ijtimoiy sörov natijalariga köra, köplab amerikalik talabalar uçun oçlik jiddiy muammo hisoblanadi hamda ularning özlaştirişiga salbiy ta'sir körsatadi. Şu boisdan, oziq-ovqat yordamini aksar talabalar faol qabul qilişgan va minnnatdorlik izhor qilişmoqda. 

Masala, Jorj Vaşington xususiy tadqiqot universitetidagi şunday peştaxta xizmatidan kuniga 200dan ortiq talaba foydalanadi.