Audi kompaniyasining tadqiqot va işlanmalar bölimi yangi rahbari etib Volvo firmasi boş muhandisi Peter Mertens tayinlandi. Nemis mutaxassisi sentabrda iste'foga çiqarilgan Ştefan Knirşning örnini egallaydi.
Mertens Daimler va General Motors konsernlarida, şuningdek Jaguar Land Rover’da işlagan. Britaniya alyansida u direktorlar kengaşi tarkibida mahsulot sifatiga javob bergan. “Volvo”ga 2011 yilda kelgan muhandis Drive-E sinfidagi dvigatellar yangi avlodini işlab çiqariş taşabbusi bilan çiqdi.
Avvalroq, Audi’da işlagan oldingi boş muhandis Volkswagen konserni bilan boğliq “dizel mojarosi” sabab iste'foga jönatilgandi. Amerikaning Jones Day yuridik firmasi tergoviga köra, Ştefan Knirş kuç qurilmalaridagi “aldov” dasturiy ta'minoti haqida xabardor bölgan va tergov jarayonida atayin yolğon ma'lumotlarni bergan.
Audi Volkswagen Group’da işlamagan texnik mutaxassisni “dizelgeyt” bilan aloqasi bölmagani sababli işga taklif etgani xabar qilinmoqda.












