Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyadagi qochoqlar turargohida yuz bergan yong‘in ona va ikki bolaning hayotiga zomin bo‘ldi
25 yoshli ayol va uning ikki farzandi Lesbos orolidagi Moria qochoqlar vaqtinchalik turargohida gaz ballonining portlashi tufayli halok bo‘lishdi. Hodisa yong‘inni keltirib chiqardi, deb xabar berdi Gretsiyaning Skai telekanali.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda lagerdan barcha kishilar xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Ta'kidlanishicha, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari olovni tezda bartaraf etishdi.
Hodisa payshanbadan jumaga o‘tar kechasi, ayol gaz plitasida taom tayyorlayotgan payt sodir bo‘lgan. Avvalroq, kamida uch bola va o‘sha paytda chodirda bo‘lganlar jiddiy jarohat olgani xabar berilgandi.
Huquq-tartibot idoralarining taxminiy ma'lumotlariga ko‘ra, ballon portlashi turargohda yong‘inni keltirib chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, sentabrda Lesbosdagi muhojirlar lagerida kuchli yong‘in ro‘y bergan. Unda yashovchi uch-to‘rt ming nafar inson olovdan qutulish uchun qochib ketishdi. Politsiya xabariga ko‘ra, o‘shanda hodisaga atayin o‘t qo‘yish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, ayni damda Lesbosda, Turkiya va YeI o‘rtasidagi kelishuvga asosan deyarli olti ming muhojir bor. Yevropa Ittifoqidan boshpana ololmagan xorijliklar Turkiyaga chiqarib yuborilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026