Agar Deutsche Lufthansa AG aviakompaniyasining norozilik bildirayotgan uçuvçilarining barça şartlari bajarilsa, kompaniyada omon qolişga heç qanday imkoniyat bölmaydi, deb hisoblamoqda aviakompaniya boş direktori Karsten Şpor.
21 noyabrda uçuvçilar va bortkuzatuvçilarni birlaştiruvçi Cockpit (VC) kasaba uyuşmasi 23 noyabrda bir kunlik iş taşlaş aksiyasi bölişini e'lon qilgandi. Keyinroq esa norozilik aksiyasi 25 noyabr keçki paytgaça davom etişi ma'lum bölgan. Lufthansa iş taşlaş vaqtida 912 ta reysni bekor qilişga majbur bölmoqda.
"Oxirgi oylar biz turli yaxşilangan takliflarni bildirganmiz. Yeçimga faqatgina hakamlik sudi orqali keliş mumkin", deb aytdi Şpor "Blumberg" axborot agentligiga bergan intervyusida.
"Biz yana ösiş uçun imkoniyatga ega bölmoqçimiz. Bu biz intilayotgan narsadir. Biz qisqartirişlarni töxtatib, kompaniyaning yana ösişiga erişmoqçimiz. Buni qilişimiz uçun bizga raqobatbardoş tuzilmalar zarur", deb aytgan Şpor. Uning aytişiça, iş taşlaş kuniga 10 mln dollar ziyon keltirişi mumkin.
Lufthansa Group Yevropadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri bölib, uning boş qarorgohi Germaniyaning Kyoln şahrida joylaşgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, kompaniya ştati 124,192 ming kişidan iborat. Kasaba uyuşmasi kompaniya bilan 5 yildan beri maoşlarning har yili 3,66 foizga oşirilişi böyiça muzokaralar olib bormoqda.












