Jamiyat | 10:26 / 25.11.2016
5408
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada yashirin qabrlardan 32 insonning jasadi topildi

Foto: © AP

Meksika hukumati joriy hafta mamlakat janubidagi Gerrero shtatida aniqlangan yashirin qabrlardagi 32 tana va to‘qqizta inson boshini eksgumatsiya qildi, deb xabar bermoqda Frans Press agentli.

“Bu dahshatdan boshqa narsa emas”, - ma'lum qilgan shtati xavfsizlik xizmati vakili Roberto Alvares. Murdalar Pochauisko qishlog‘idagi 17 ta qabrdan topildi.

Meksikada bunday ommaviy qabrlar tez-tez uchrab turadi. Aksariyat hollarda jasadlar narkokartellar bilan kurashda halok bo‘lganlarga tegishli bo‘lib, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar raqiblarini qo‘rqitish maqsadida eng shafqatsiz uslublarni qo‘llaydi.

Ma'lumot uchun, Gerrero shtati — Meksikadagi jinoyatchilik avj olgan eng xavfli hududlardan sanaladi. Bu AQShga narkotik moddalarni olib o‘tish ustidan nazorat uchun jinoiy guruhlarning o‘zaro qarama-qarshiligi bilan bog‘liq. Aynan shu shtatda, 2014 yilning sentabrida 43 talaba izsiz g‘oyib bo‘lgandi. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, ular politsiya tomonidan o‘g‘irlab ketilib, Iguala shahridagi bosqinchilarga topshirilgan va qatl etilgan.
 

Mavzuga oid