Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rus geograflari jamiyati (RGO) marosimida iştirok etdi. Yoş geograflarni taqdirlaş marosimi videosi RT saytining YouTube portalidagi kanaliga joylaştirgan.

Marosim yakunida boşlovçi Valdis Pelş sahnaga 9 yoşli Miroslav Oskirko va 5 yoşli Timofey Tsoyni çaqirgan.

Rossiya rahbari bolalardan birini söroqqa tutib, Uagadugu şahri qaysi davlat poytaxti ekanini söragan. Bola esa «Burkina-Faso» javobini aytgan. Putin savolni davom ettirib, bu davlat avval qanday nomda bölganini söragan. Timofey avvaliga ikkilanib turgan, keyin esa: «Qanaqadir yuqori» deya javob qaytargan. Prezident «Volta» sözini qöşgan va bolakayni maqtagan.

Sahnadagi ikkinçi bola Miroslav esa Rossiya prezidentiga geografiyani yaxşi bilişi, barça davlatlar çegaralarini aniq hisoblay olişini aytgan». Putin esa undan Rossiyaning çegarasi qayerda tugaşini söragan. Bola Rossiya çegarasi narigi tomonida «AQŞ joylaşgan» Bering böğoziga qadar çözilganini aytgan.

«Rossiya çegarasi heç qayerda tugamaydi!» — degan bunga javoban Putin.