AQŞ mudofaa vazirligi tomonidan taşkil etilgan «Tebranmas qat'iyat» harbiy amaliyoti saytida 2015 yili Suriyaga yuborilgan amerikalik askarlardan birining vafot etgani xabar qilindi. 

Şundan söng, marhum harbiy xizmatçining oila a'zolariga harbiy amaliyot komandiri Stefen Taunsend va Pentagon rasmiy vakili Eş Karter hamdardlik bildirgan. 

Ismi oşkor qilinmayotgan askar Raqqa şahridan 50 km uzoqlikdagi Ayn-Issa şahrida halok bölgan. Uşbu şahar IŞID terrorçilik guruhining ma'muriy markazi hisoblanadi. Pentagon bayonotiga köra, uning ölimiga qölbola bombaning portlaşi sabab bölgan. 

Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan 2015 yil sentabr oyi oxirlarida boşlangan Suriyadagi harbiy amaliyotlari çoğida, rasmiy ma'lumotlarga köra, 19 nafar harbiy xizmatçi hayotidan mahrum bölgan.