Dam oliş kunlari Yevropada milliy çempionat uçraşuvlari bölib ötadi. Ötgan haftadagi «qaynoq» uik-endni har hafta sönggida topiş qiyin, biroq bu dam oliş kunida bölib ötadigan bir qator uçraşuvlar borki, sizni zerikişingizga yöl qöymaydi. Tribuna.Uz kuçli beşlik çempionatlarida bu hafta bölib ötadigan eng muhim uçraşuvlarni sanab ötadi.
ISPANIYa
«Real Sosedad» – «Barselona». 00:45. «Anoeta» stadioni.
«Barselona» uçun qörqinçli tuş
Juma kuni Lionel Messi Mundo Deportivo naşriga bergan intervyusida ikkilanmasdan «Real Sosedad»ga qarşi uçraşuvda bizga faqat ğalaba kerak», deya ta'kidladi. Buni eşitgan Madridning qaysidir burçagidagilar kulib qöyib aytgan bölsa kerak: Messi «Barselona»ning San-Sebastyandagi uçraşuvlari tarixini bilarmikan?
Qançalik ğalati eşitilmasin, «Barselona» oxirgi marta «Anoeta» 2007 yilning mayida ğalaba qozongan. Hali Messi 5ta «Oltin töp»dan birortasini ham yutmagan paytida bölgan bu voqea. 9 yil, 9 yil, Karl... Messi öşa uçraşuvda öynagan, biroq u paytlari argentinalik futbolçi bölajak yulduz sifatida qaralardi. «Kök-anorranglilar» safida öşa uçraşuvda Ronaldinyu, van Bronkxorst, EtöO va hattoki Oleger Edmilson bilan birga öynagandi. «Real Sosedad»da esa – darvozabon Bravo va qarilik bilmas, ertaga böladigan uçraşuvda maydonga tuşadigan Xabi Priyeto bor edi.
Luis Enrike töqqiz yil oldin hattoki «Barselona B»dagi murabbiylik faoliyatini ham boşlamagandi. Hozir esa dunyoning eng yaxşi murabbiylaridan biri bölişga da'vogarlik qilib kelmoqda. Töğri, Enrike «Anoeta»dek çaqilmas yonğoqqa tişini ötkaza olgani yöq: u uç marta San-Sebastyanga taşrif buyurgan. «Selta» murabbiyi bölib ham, «Barselona» murabbiyligda ham u mağlubiyatga uçragan. «Barselona»ning «Anoeta»dagi qörqinçli tuşi davom etadimi? Hozirça bukmekerlar «Real Sosedad»ğalabasini taxminan 6.00 koeffitsiyentda baholaşmoqda.
ANGLIYa
«Çelsi» – «Tottenhem». 26 noyabr, 22.30 (UzReport. Matç! Futbol 1) «Stemford Bridj» stadioni.
Gol ötkazmaslar nomağlublarga qarşi
Mantiq: «Tottenhem» bir neça yillardan beri Çempionlar Ligasiga çiqiş uçun kuraşdi va ötgan mavsumda bu işni uddaladi, bir qaraşda ança oson guruhdan joy oldi, ammo muddatidan oldin keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatini boy berdi. Çunki yevrokuboklar jamoa uçun oğirlik qildi. Aynan şunday taassurot «Tottenhem»ning seşanba kuni «Monako»ga qarşi öyinida uyğonişi tabiiy edi: asosiy tarkib futbolçilari Uoker va Vertongen maydonga tuşmadi, Eriksen, Yanssen va Sissoko esa faqatgina ikkinçi bölimdagina maydonga tuşdi. Endi «şporlar» amalda Çempionlar Ligasi pley-offidan umidini uzib bölişdi va bor e'tiborini çempionat öyinlariga qaratişi mumkin.

















