Dubay politsiyasi rahbari general-leytenant Xamis Mattar Al-Maziyna 24 noyabr kuni tunda şahardagi Raşid şifoxonasida yurak xuruji tufayli hayotdan köz yumdi. Bu haqida Gulf News naşri xabar berdi.
Xamis Mattar uşbu lavozimda 2013 yildan buyon xizmat qilib kelgan.
Dafn marosimi 25 noyabr, juma kuni Al-Kuzays mozorida bölib ötdi. Janozada yuzlab kişilar uning haqqiga duo qilişdi. Şayxlar va bir qator mansabdor şaxslar ham marhumning oila a'zolariga öz hamdardliklarini bildirişdi.
"Xamis Mattar juda oçiq, hazil-mutoyibani örniga qöyadigan ajoyib inson edi. U turli yangi departamentlar joriy etib hamda imkoniyatlarni yanada kengaytirib, Dubay politsiyasiga katta foyda keltirdi", - deydi Dubay politsiyasining pokistonlik xodimi.












