2016 yilgi Özbekiston kubogining finalida iştirok etadigan ikkinçi jamoa nomi ma'lum böldi. Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida keçgan uçraşuvda mezbonlar amaldagi çempion «Lokomotiv»ga qarşi maydonga tuşdi. Bu xaqda Tribuna.Uz yozmoqda.
Uçraşuvnng 75-daqiqasida Temur Kapadze tomonidan kiritilgan gol ikkinçi uçraşuvda ham «temiryölçilarga ğalaba keltirdi. Sönggi daqiqalarda Bahodir Nasimov heç bölmasa uşbu uçraşuvni durang bilan yakunlaşga hissa qöşişi mumkin edi. Biroq Nasimov penaltini aniq amalga oşira olmadi.
Ikkala jamoaning yarim finaldagi birinçi uçraşuvida ham «Lokomotiv» 1:0 hisobida ğalaba qozongandi.
Eslatib ötamiz, endi «Lokomotiv» finalda Qarşining «Nasaf» klubiga qarşi maydonga tuşadi. Final 30 noyabr kuni Samarqand şahrida bölib ötadi.
Özbekiston kubogi.1/2 final
Javob öyini.
«Bunyodkor» – «Lokomotiv» 0:1 (0:0)
Gol: Temur Kapadze (75).
«Bunyodkor»: Akbar Törayev, Akmal Şorahmedov, Akramjon Komilov, Javlon Ibrohimov (Sardorbek Azimov, 81), Minori Sato, Eldor Şomurodov (Şahzodbek Nurmatov, 81), Bahodir Nasimov, Dostonbek Hamdamov (Dilşodbek Ahmadaliyev, 75), Rustamjon Aşurmatov, Otabek Şukurov, Yuritsa Bulyat.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Boburbek Yöldoşev (Şerzod Fayziyev, 78), Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev (Artur Gevorkyan, 68), Temurxöja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom Töxtaxöjayev, Ikrom Aliboyev, Oleg Zoteyev.
Ogohlantirişlar: Rustam Aşurmatov (16), Marat Bikmayev (22), Otabek Şukurov (63), Bahodir Nasimov (78).
Dastlabki uçraşuv: 0:1

















